Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev boshchiligidagi ishchi guruhning Toshkent shahridagi o‘rganishlari davom etmoqda 

Bugungi kunda ijtimoiy soha obyektlari, elektr va gaz tarmoqlarini kuz-qish davrida barqaror ishlashi, ko‘p kvartirali uylarni mavsumiga tayyorlash, aholini qiynayotgan har bir jihatni inobatga olgan xolda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Xususan, bugun, Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev boshchiligida, Chilonzor tumanida aholi va hududlar muhofazasiga mas’ul tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganishlar davomida aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan tegishliligi bo‘yicha ma’sul tashkilotlarga zarur ko‘rsatmalar berildi.