"Mening boshqarmam jinoyat va korrupsiyadan holi hudud" shiori ostida tadbirlar davom etmoqda!

Kuni kecha, Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Qarshi harbiy prokuraturasi va Qarshi harbiy sudi  hamkorligida boshqarma shaxsiy tarkibi ishtirokida “Korrupsiya oyligi” doirasida harbiy xizmatchi va xizmatchilar bilan davra suhbati otkazildi. 

Tadbirga Qarshi harbiy prokurorining o'rinbosari va Qarshi harbiy sudi raisi ishtirok etib, har bir xodim оdob-ahloq qoidalariga rioya qilishi, o‘ziga yuklatilgan xizmat vazifalariga sidqidildan yondoshishi, harbiy intizom buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, ijro intizomi, kiyim bosh kiyib yurish tartibi, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish hamda yo‘l transport hodisasi natijasida sodir etilgan jinoyatlarni kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat va xizmatdan tashqari vaqtlarda ham “Yo‘l harakati qoidalari”ga qat'iy amal qilish kabi mavzularda profilaktik suhbatlar olib borildi.