“Yashil makon” umummilliy loyihasi amalda

Navoiy viloyati FVB xodimlari tomonidan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida navbatdagi koʻchat ekish tadbirlari amalga oshirildi. 

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida viloyat miqyosida bir qator tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Jumladan, bugun Navoiy viloyati FVBning bir guruh xodimlari ishtirokida Xatirchi tumani "Faravon" MFY hududida joylashgan maydonda keng qamrovli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Bir necha gektarli yer maydoni tekislanib, ushbu joyda 420 tupdan ortiq manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.