"Yosh avlodga korrupsiyasiz kelajak qoldiraylik"

Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida "Yosh avlodga korrupsiyasiz kelajak qoldiraylik" mavzusida  o‘quv amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Oʻtkazilgan tadbirda boshqarma rahbariyati va shaxsiy tarkibi hamda Termiz Harbiy prokuraturasi mas'ul xodimlari ishtirok etdi. Seminar davomida mutasaddilar tomonidan shaxsiy tarkib o‘rtasida harbiy intizomni mustahkamlash, huquqbuzarlik va qonun buzilishi, shuningdek, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish va manfaatlar to‘qnashuvi kabi mavzularda harbiy xizmatchi va xizmatchilarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish borasida ham atroflicha tushuntirishlar berildi.