Ma’naviyat marafoni

Kuni kecha, Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – vatanmiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat marafoni” doirasida boshqarma rahbari boshchiligida tegishli tashkilotlari bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda vatanparvarlik tuyg‘usini yanada yuksaltirish, kasb odobi va madaniyati, hushmuomalalik inson ziynati ekanligi, milliy qadriyatlar – inson ko‘rki ekanligi va milliy liboslar – millat ko‘zgusi ekanligi to‘g‘risida qator fikrlar bildirildi. Yakunda “Milliy liboslar – millat ko‘zgusi” milliy liboslarni kiyish bo‘yicha tanlov o‘tkazilib, g‘olib va sovrindorlar boshqarma boshlig’ining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.