Buxoro viloyatida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish ishlari

Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbari, viloyat hokimi o‘rinbosari va tuman hokimi hamda daxldor tashkilotlar rahbar xodimlari Jondor tumandagi ijtimoiy soha obyektlarida bo‘lib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi. O‘rganish davomida qozonxonalarning sozligi, issiqlik tizimi, elektr-energiyasi, ichimlik suvi, tabiiy gaz bilan ta’minlanganlik darajasi ko‘zdan kechirilib, mutasaddilarga aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan vazifalar yuklatildi.