Namangan viloyatining To'raqo‘rg‘on, Chust va Uchqo‘rg‘on tumanlarida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi

Joriy yilning 8-10 noyabr kunlari Namangan viloyatining To'raqo‘rg‘on, Chust va Uchqo‘rg‘on tumanlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarni bartaraf etish bo‘yicha qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi.   

Uch kun davom etgan o'quv mashqlari davomida turli toifadagi obektlarda, korxona va tashkilotlarni ishchi xodimlarining o‘z vazifasiga ko‘ra zarur harakatlari amalda bajarib o‘tildi.  Albatta, bunday mashqlar kutilmagan vaziyatlarda xodimlarining kerakli ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.