Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Sh.X.Djo‘rayev Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik xolati bo‘yicha o‘rganish ishlarini olib bordi

Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Sh.Djo‘rayev boshchiligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi FVB boshlig‘i hamda aholi va hududlar muhofazasiga mas’ul tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda Nukus shahri va Amudaryo tumanidagi bir qator ijtimoiy obyektlarni ko‘zdan kechirib, kuz-qish mavsumida tayyorgarlik borasida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlarni o‘rganib chiqdi.

O‘rganishlar davomida aniqlangan muammo va kamchiliklarni joyida hal etish choralari ko‘rilib, muddat talab etadigan kamchiliklarni tegishliligi bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga qisqa vaqt ichida bartaraf etish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.