Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qoʻldoshev boshchiligida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida koʻchat ekish tadbirlari amalga oshirildi

🌳Yashil makon – sogʻlom havo, musaffo obi-hayot va koʻrkam tabiiy manzara uygʻunligidir.

Bugungi kunda yurtimiz bo‘ylab yashil olamni saqlash va kengaytirish ishlari uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda. Hududlarda daraxt ko‘chatlarini ekish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari qizg‘in pallaga kirgan. Bunday ezgu amaliy harakatlarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari ham faol ishtirok etib kelmoqda. Xususan, bugun, 12-noyabr kuni Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qoʻldoshev boshchiligida vazir oʻrinbosari polkovnik X.Alibayev, Markaziy apparat hamda Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 500 dan ortiq xodimlari tomonidan Ohangaron tumanida olib borilgan amaliy harakatlar misolida yaqqol ko‘rishimiz mumkin.

Mazkur loyiha doirasida ko‘chatlarni ekish uchun Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga ajratilgan Ohangaron tumani "Yangihayot" mahallasidan oʻtuvchi "Toshkent -vodiy" avtomobil yoʻli yoqasidagi yer maydonlariga 20 000 dan ziyod terak koʻchatlari ekildi.  

Shuningdek, ushbu koʻchatlarning unib oʻsishi uchun mas’ullar biriktirilib, qo‘shimcha agrotexnik tadbirlar ham olib borildi. 

Bu kabi tadbirlar Favqulodda vaziyatlar vazirligining barcha hududiy boshqarma va tarkibiy tuzilmalari tomonidan amalga oshirilmoqda.