Oqoltin tumanida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining "Yoshlar bog‘i" barpo etildi

Yashil o‘simliklar butun insoniyatni toza havo bilan taminlab, atrof-muhitning ekologik musaffoligini barqarorlashtirishi barchamizga muhimdir. 

Bugungi kunda yurtimizning barcha hududlarida yashil olamni yaratish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari harbiy xizmatchilari ham ushbu hayrli tadbirlarga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shmoqdalar. 

Xususan, boshqarma rahbariyati tashabbusi bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi hamkorlikda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Oqoltin tumanida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining "Yoshlar bog‘i" barpo etildi. Ushbu boqqa iqlim sharoitidan kelib chiqib, unish darajasi yuqori bo‘lgan 3300 tupdan ortiq mevali va manzarali ko‘chatlar ekildi.

Shuningdek, ushbu boqqa mas’ullar biriktirilib, qo‘shimcha agrotexnik tadbirlar ham olib borildi. Bu kabi tadbirlar viloyatning barcha hududlarida davom etmoqda.