"Qamchiq" dovonida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar

"Qamchiq" Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi boshlig‘i rahbarligida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ishchi guruhlar shakillantirilib, "Qamchiq" dovonidagi ijtimoiy-iqtisodiy soha obyektlari, aholi xonadonlari, "Qamchiqavtoyo‘l" IYFUK yo‘l bo‘limlari, "Qo‘qon" mintaqaviy temir yo‘li uzelining obyektlari va mavsumiy dam olish maskanlari hamda avtomobil yo‘lining 220 km. da tamirlanayotgan ko‘priklarda  olib borilayotgan ishlar va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish ishlari olib borildi. Aniqlangan kamchiliklar ishchi guruhlar tomonidan joyida bartaraf qilish choralari ko‘rilib, fuqarolar bilan yong‘in va is gazidan zaharlanishni oldini olish bo‘yicha  tushuntirish ishlari olib borildi.