Samarqandda "Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi 

Mamlakatimizda har yili 1-30 noyabr kunlari “Keksalar uchun turizm oyligi” oʻtkaziladi. Ushbu oylik doirasida FVV tizimida uzoq yillar namunali xizmat qilgan faxriylar Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi. Dastlab, faxriylar, tajribali xodimlar va endigina xizmat faoliyatini boshlagan yosh xodimlar viloyat FVB da boʻlishib, boshqarmada yaratilgan shart-sharoitlar va zamonaviy texnikalar bilan yaqindan tanishdilar. Shundan so‘ng "Uch avlod uchrashuvi" o‘tkazilib, faxriylar o‘zlarining mashaqqatli va sharafli xizmat faoliyati to‘g‘risida yoshlarga so‘zlab berdilar. Tadbir davomida faxriylarning  buyuk ipak yo‘li turizim markazidagi "Boqiy shahar"ga sayohati tashkil etildi.