Toshkent viloyatida aholi va hududlar xavfsizligi yo‘lidagi tadbirlar 

Tabiiyki kuz-qish mavsumi davrida aholining elektr energiyasiga hamda tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyoji ortadi. Ayni maqsadda, Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati kuz-qish mavsumiga daxldor bo‘lgan tashkilot rahbarlari bilan hamkorlikda viloyatning Chirchiq hamda Olmaliq shaharlarida aholi muammolari o‘rganilib, hududlardagi kommunal va ijtimoiy soha obyektlari ko‘zdan kechirildi. Mavjud muammolar tegishliligi bo‘yicha mas’ul tashkilotlar tomonidan bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.