Jizzax viloyatida “Yashil makon” umummilliy loyihasi tadbirlari qizg‘in davom etmoqda

Ayni kunlarda respublikamiz bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy loyiha doirasida atrofni yanada ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha yangi nihollarni ekish ishlari jadal sur'atlarda olib borilmoqda. Xususan, Jizzax viloyati FVB shaxsiy tarkibi tomonidan Zarbdor tumani Bo’ston shaharchasi hududida tashkil etilgan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining "Yoshlar bog’i"da keng ko’lamli mevali va manzarali daraxt ko’chatlarini ekish ishlari amalga oshirildi.