Kuz-qish mavsumi doirasidagi profilaktik tadbirlar Sherabod tumani misolida 

Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan Sherabod tumani "Bahor" mahallasida joylashgan  ko‘p kvartirali uylar, ularning yerto‘lalari, aholi yashash xonadonlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, "Qoʻrgʻon" mahallasida joylashgan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, "Galaguzar" mahallasida joylashgan tuman tibbiyot birlashmasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi holati oʻrganildi.

O‘rganish davomida mutasaddilar aholi bilan uchrashib, ularning ayni sohaga oid muammo va murojaatlari tinglandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, is gazi, gaz va havo aralashmasining chaqnashi, yong‘inlarni oldini olish bo‘yicha tushuntirish targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.