Chempion tantanali kutib olindi

Avval xabar berganimizdek, Qozog‘iston Respublikasining Turkiston shahrida sportning dzyudo turi bo‘yicha Turkiy davlatlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro musobaqada Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshkent viloyati FVB xodimi, vazirlik terma jamoasi a’zosi oddiy askar Javoxir Saparov, O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida ishtirok etib, 73 kg vazn toifasida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. Bugun, Favqulodda vaziyatlar vazirligi mas’ullari ishtirokida chempion Javoxir Saparov tantanali kutib olindi.

O‘z o‘rnida, hamkasbimiz Javoxir Saparovni ushbu muvaffaqiyat bilan qizg‘in muborakbod etib, kelgusida tashkil etiladigan musobaqalarda ham omad va zafarlar tilab qolamiz.