Maxsus-taktik o‘quv mashqi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi FVB boshchiligida “Taxiatosh IES AJ Obyektlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘limi tomonidan “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kamponiyasi doirasida kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlarninng oldini olish maqsadida “Muhofaza qilinayotgan obyektda kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni barataraf etish” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

Tadbirga 28-Yong‘in-qutqaruv qismi xodimlari, asosiy yong‘in o‘chirish avtomobili, muhofaza qilinayotgan obyektning mas’ul xodimlari jalb etilib, ularning bu boradagi bilim va ko‘nikmalari oshirildi.