Respublika ishchi guruhi a’zolarining Baxmal tumanidagi o‘rganish ishlari

Kuz-qish mavsumi davrida ijtimoiy soha obyektlari, aholi yashash xonadonlari, ko‘p kvartirali uylarni mavsumga tayyorlash, energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash va aholini qiynayotgan muammolarni aniqlash va o‘z vaqtida bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezident administratsiyasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi mas’ullari hamda Jizzax viloyati FVB boshlig‘i o‘rinbosari boshchiligida, Baxmal tumanida ijtimoiy soha obyektlari va aholi xonadonlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish ishlarini olib bordi. O‘rganishlar davomida aniqlangan muammo va kamchiliklarni joyida hal etish choralari ko‘rilib, ma’sul tashkilotlar vakillariga zarur ko‘rsatmalar berildi.