Tungi o‘quv mashqi

Kecha, 9-noyabr kuni Namangan viloyati FVB boshchiligida Yangi Namangan tumani Furqat MFY huddida joylashgan Namangan muxandislik qurilish institutining talabalar turar joyida tungi vaqtda yong‘in o‘chirish amaliy-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. 

FVB xodimlari tomonidan sodir bo’lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ular ro‘y berganda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha talabalar bilan profilaktik tadbirlar o‘tkazilib, ularning bu boradagi bilim va ko‘nikmalari oshirildi.