Belarus Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi delegatsiyasiga Fuqaro muhofazasi instituti faoliyati tanishtirildi

 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi institutiga joriy yilning 9-noyabr kuni Belarus Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi delegatsiyasi tashrif buyurdi. Tashrif rejasiga ko‘ra, delegatsiya a’zolariga Fuqaro muhofazasi institutida aholini favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanishga tayyorlash uchun yaratilgan o‘quv xonalari, turli xususiyatli favqulodda vaziyatlarni immitatsiya qiladigan zamonaviy trenajyorlar imkoniyatlari namoyish etildi. Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Fuqaro muhofazasi institutida tinglovchilar bilim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlarga yuqori baho berishdi.