Xalqaro hamkorlik – taraqqiyot garovi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida dunyoning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarini joriy etish borasida bir qator salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 2023-yil 9-noyabr kuni Belarus Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi universiteti, Belarus Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti, Belarus Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparati vakillaridan iborat delegatsiya FVV Akademiyasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida ta’lim va ilmiy tadqiqot sohasida xorijiy mamlakatlar oliy harbiy ta’lim muassasalari hamda xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim xizmatlarini integratsiyalash va dunyo axborot-ta’lim makonida Akademiyaning nufuzini oshirish hamda xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish, kadrlar tayyorlash sohasida o‘zaro fikr-tajriba almashildi. Shuningdek mehmonlar tadbir doirasida Akademiya axborot o‘quv-moddiy texnik bazasi bilan yaqindan tanishdilar.