Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasidagi tadbirlar davom etmoqda

Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Termiz harbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda Muzrabot va Angor tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimlari shaxsiy tarkibi ishtirokida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbir davomida mas’ullar tomonidan har bir xodim odob-ahloq qoidalariga rioya qilishi, harbiy intizom buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish hamda xizmat va xizmatdan tashqari vaqtlarda “Yo‘l harakati qoidalari”ga qat’iy amal qilish borasida tushunchalar berildi.