Moziyga sayohat

Ma’naviy yetuk, komil insonni tarbiyalashda muzeylarning o‘rni nihoyatda beqiyos.  Zero, muzeylarda saqlanayotgan tarixiy ashyolar, nodir qo‘lyozmalar, hujjatlar avlodlarga tarixdan, ajdodlarimiz hayoti, yuksak ma’naviyatidan hikoya qiladi.

Bu esa yoshlar qalbida ota-bobolarimiz qoldirgan merosga hurmat, e’zoz va muhabbat tuyg‘usini uyg‘otish bilan birga, ularda shu aziz Vatanga munosib farzand bo‘lish tuyg‘usini ham shakllantiradi.

Ayni shu jihatlarni e’tiborga olgan holda kuni kecha Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan harbiy xizmatchi va qutqaruvchilarining oila azolari uchun Qarshi shahridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi Qashqadaryo bo‘limida sayohat uyushtirildi.

Sayohatchilarga mutaxassislar qadimiy va navqiron Qarshi shahrining tarixi va istiqlol yillarida ro‘y bergan katta o‘zgarishlar bilan yaqindan tanishtirdi.