“Seysmik xavfsizlik a’lochisi” ko‘krak nishonlari topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2022-yil 30-maydagi PF-144-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi Qarori bilan “Seysmik xavfsizlik a’lochisi” ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Kuni kecha, O‘zbekiston Fanlar akademiyasida “Seysmik xavfsizlik a’lochisi” ko‘krak nishonini topshirish marosimi bo‘ldi. Mamlakatimizda so‘nggi yillarda seysmik xavfsizlikni ta’minlash borasida ilmiy va nazariy ilmiy izlanishlarni amalga oshirib, hayotga tadbiq etayotgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi boshlig‘i kapitan Kuchkarov Qahramon Isroilovichga Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Sodiqovich Yuldashev  ushbu ko’krak nishonini topshirdi. Q.Kuchkarovni yana bir bor muborakbod etamiz!