"Qamchiq" dovonidagi vaziyat 

Bugun, 9-noyabr kuni soat tongi 08:15 da "Qamchiq" dovonida qisqa muddatli yomg‘ir aralash qor yog‘ib o‘tdi. FVV, YPX va  "Qamchiqavtoyo‘l" IYFUK xodimlari hamkorligida yo‘lga qum-tuz aralashmasini sepish ishlari olib borildi. Ayni vaqtda vaziyat barqaror, ikki tomonlama avtomobillar harakati davom etmoqda. 

Shu o‘rinda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishda haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini so‘rab qoladi.