Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Sh.X.Djo‘rayev Pop tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik xolati bo‘yicha o‘rganish ishlarini olib bordi

Kuz-qish davrida ijtimoiy soha obyektlari, elektr va gaz tarmoqlari barqaror ishlashi, ko‘p kvartirali uylarni mavsumiga tayyorlash, aholini qiynayotgan muammolarni tizimli bartaraf etish ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari polkovnik  Sh.Djo‘rayev boshchiligida, Namangan viloyati FVB boshlig‘i hamda aholi va hududlar muhofazasiga ma'sul tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish ishlarini olib bordi. O‘rganishlar davomida aniqlangan muammo va kamchiliklarni joyida hal etish choralari ko‘rilib, muddut talab etadigan kamchiliklarni tegishliligi bo‘yicha ma’sul tashkilotlarga qisqa vaqt ichida bartaraf etish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.