G‘alaba muborak!

Joriy yilning 5-10 noyabr kunlari Qozog‘iston Respublikasining Turkiston shahrida sportning dzyudo turi bo‘yicha Turkiy davlatlar o‘rtasida xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur nufuzli xalqaro musobaqada Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshkent viloyati FVB xodimi, vazirlik terma jamoasi a’zosi oddiy askar Javoxir Saparov, O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida ishtirok etib, 73 kg vazn toifasida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Sportchimiz sharafiga O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasi yangradi.

O‘z o‘rnida, hamkasbimiz Javoxir Saparovni ushbu muvaffaqiyat bilan qizg‘in muborakbod etib, kelgusida tashkil etiladigan musobaqalarda ham omad va zafarlar tilab qolamiz.