Kuz-qish mavsumida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan favquloda vaziyatlar va yong‘inlarning sababiga ilmiy yondashilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-oktabr kuni Toshkent shahridagi obyektlarga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari asosida Toshkent shahrida uy-joy fondi va ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan har bir tuman kesimida kuz-qish mavsumini o‘tkazishda favqulodda vaziyatlar va turli noxush holatlarning barvaqt oldini olish bo‘yicha tahlillar o‘tkazish hamda ilmiy asoslangan metodikaning ishlab chiqilishini tashkil etish yuzasidan Yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari ilmiy-tadqiqot institutida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Markaziy apparatning tegishli boshqarma, markaz va bo‘limlari, shuningdek, FVV Akademiyasi va Fuqaro muhofazasi institutining mutaxassislik kafedra boshliqlari tomonidan kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazishga qaratilgan bir qator dolzarb masalalarning ilmiy yechimlariga oid muhokamalar olib borildi.