Kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazish oldimizda turgan asosiy vazifamizdir

Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshlang'ich tayyorgarlik va malaka oshirish markazi hamda Samarqand viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan, kuz qish mavsumida yuzaga keluvchi favqulodda vaziyatlar va yong'inlarning oldini olish maqsadida har kuni kuchaytirilgan tartibda profilaktik tadbirlar amalga oshirib borilmoqda.  

Xususan, bugungi manzil Samarqand shahrining "Oltin Asr" mahalla fuqarolar yig'inida tashkil qilindi. Mazkur tadbirda ijtimoiy soha obyektlari, ko'p kvartirali uylarning holati hamda aholi xonadonlari ko'zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarning aksariyati joyida bartaraf etildi.