Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik Farg‘ona misolida

Farg'ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig'i boshchiligidagi ishchi guruh Quvasoy shahrida o'rganishlar olib bordi. Tadbir davomida “Do'stlik” MFY hududida joylashgan ko'p kvartirali uylar, maktab, maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda Tibbiyot muassasalarining joriy yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha mas’ullarga ko'rsatmalar berildi. Mazkur jarayonda fuqarolarga yong'inlar, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi kabi holatlarning oldini olish, gaz va elektr isitish moslamalaridan to'g'ri foydalanish bo'yicha ham zaruriy tavsiyalar berildi.