Saxovat – insoniylikning eng oliy mezoni

Kuni kecha, FVV Akademiyasi rahbar xodimlari va kursantlar Toshkent shahar Yashnobod tumanida joylashgan 30-sonli mehribonlik uyiga tashrif buyurib, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun turli sport o‘yinlari, davra suhbatlari, Akademiya Orkestri harbiy xizmatchilari va kursantlari ijrosidagi Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar, shu bilan birga bir-biridan qiziqarli ma'naviy-ma'rifiy  tadbirlar, badiiy kitoblar to‘plamlari, esdalik sovg‘alari hamda ular uchun bayramona dasturxon yuqori saviyada tashkil etildi.