Aholi va hududlar xavfsizligini ta’minlash yo‘lidagi tadbirlar

Toshkent viloyati FVB rahbariyati tomonidan kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida muntazam ravishda, kuchaytirilgan tartibda o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Xususan, navbatdagi manzil viloyatning Qibray, Yuqorichirchiq hamda Bekobod tumanlari bo‘lib, mazkur manzillardagi ijtimoiy soha obyektlari, ko‘p qavatli uylarning holati hamda  aholi xonadonlari ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan daxldor tashkilotlarning mutaxassislari jalb qilinib, kamchiliklarni imkon qadar o‘z joyida bartaraf etish choralari ko‘rildi.