Surxondaryoda qutqaruvchilar “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol qatnashmoqda

Bugungi kunda yurtimiz bo‘ylab yashil olamni saqlash va kengaytirish ishlari uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda. Hududlarda daraxt ko‘chatlarini ekish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari qizg‘in pallaga kirgan. Bunday ezgu amaliy harakatlarni Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan Qiziriq tumanida olib borilgan amaliy harakatlar misolida yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Unda qutqaruvchilar xandaq qazish, hududning iqlimi va tuproq sharoitlariga mos bo‘lgan manzarali ko‘chatlarni ekish ishlarini amalga oshirdi.

Umummilliy loyiha doirasida o‘tkzilayotgan ezgu amaliy tadbirlarda Favqulodda vaziyatlar vazirligining barcha hududiy boshqarma va tarkibiy tuzilmalari harbiy xizmatchi va xizmatchilari  faol qatnashmoqda.