Jizzax viloyatida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik tadbirlari

Jizzax viloyatida 2023/2024 kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni betalafot o‘tkazish, iste’molchilarga yoqilg‘i-energiya resurslarini barqaror yetkazib berish hamda ularni tejash yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar bo‘yicha respublika ishchi guruhi bilan hamkorlikda 308 ta mahallalarida 52 ta kichik ishchi guruhlar tashkil etilib, Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda hamkorlikdagi xizmatlar jalb etilgan holda ko‘p qavatli uylar, ijtimoiy soha va boshqa obyektlar holati "mahallabay" tartibida o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanib, tizimli ravishda ishlar amalga oshirilmoqda.