Namanganda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari 

Namangan viloyatida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik borasida aholi yashash xonadonlari, ko‘p qavatli uylar, ijtimoiy soha maskanlari va energiya ishlab chiqarish korxonalaridagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tuzilgan ishchi guruh tomonidan kuchaytirilgan tartibda barcha zarur tadbirlar olib borilmoqda. Xususan, kuni kecha viloyat FVB boshlig‘i, sektor rahbarlari va mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirokida mavsum davrida aholini va ijtimoiy-iqtisodiy obektlarni uzluksiz gaz hamda elektr resurslari bilan ta’minlash, energetika obyektlarida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, zahira qurilmalar hamda maxsus texnikalarning sozligi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishliligi bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga ko‘rsatmalar berilib, ularni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.