Kuz-qish mavsumini talofatlarsiz oʻtkazish maqsadidagi profilaktik tadbirlar davom etmoqda

Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi tomonidan Termiz shahri "Oʻzbekiston" mahallasida joylashgan ko‘p kvartirali uylar, ularning yerto‘lalari, ijtimoiy soha obektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida mutasaddilar aholi bilan uchrashib, ularning ayni sohaga oid muammo va murojaatlari tinglandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. 
Shuningdek, is gazi, gaz va havo aralashmasining chaqnashi, yong‘inlarni oldini olish bo‘yicha tushuntirish targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.