Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari mutasaddilar nazoratida

Bugun, Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Abdurazzoq Abduxalikov Olot tuman hokimi  Nargiza Ne’matova bilan birgalikda tumanning aholi va hududlar muhofazasiga ma’sul tashkilotlarning mutaxasislari ishtirokida maktabgacha talim, umumta’lim maktablari hamda aholi xonadonlari, va ishlab chiqarish tashkilotlarida bo‘lib ularning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati va mavsum oldi bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar bilan tanishdi. O‘rganishlar davomida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida kuzatilayotgan kamchiliklar yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlariga zaruriy topshiriqlar berilib ijrosi nazoratga olindi.