Ko‘rgazmali yong‘in o‘chirish amaliy-taktik mashg‘uloti

Don mahsulotlarini saqlash omborlari, tegirmon va omixta yem korxonalarida yong‘in o‘chirish mavzusida Favqulodda vaziyatlar vazirligi Boshlang‘ich tayyorgarlik va malaka oshirish markazi hamda “Jomboy don mahsulotlari” AJ bilan hamkorlikda ko‘rgazmali yong‘in o‘chirish amaliy-taktik mashg‘uloti o‘tkazildi. 

O‘quv mashg‘uloti davomida yong‘inlar va boshqa favqulodda vaziyatlarni oldini olish, sodir bo‘lganda ularni bartaraf etish hamda oqibatlarini tugatish bo‘yicha korxonadagi tuzilmalar hamkorligida nazariy va amaliy xarakatlar ko‘rib chiqildi.