Aholi va hududlar xavfsizligi yo‘lidagi profilaktik tadbirlari

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparati mas’ul xodimlari topshiriqqa asosan Toshkent shahrida kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligi ta’minlanganlik holati bo‘yicha tungi vaqtda hududlarda joylashgan tunda insonlar qoladigan maskanlar, xususan, maktab-internat, mehribonlik uylari, talabalar yotoqxonalari, yangi qurilayotgan obyektlardagi ishchilar uchun mo‘ljallangan yotoqxonalar (vagon, konteyner), tibbiyot muassasalarida tungi vaqtda belgilangan tartibda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.