Toshkent viloyatida kuz-qish mavsumiga tayyogarlik tadbirlari

Kuz-qish mavsumiga tayyogarlik ko‘rish, mavsumni betalofat o‘tkazish maqsadida Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan mavsumga daxldor bo‘lgan korxona va tashkilotlarni jalb qilgan holda viloyatning barcha hududlarida o‘rganishlar, aholi bilan keng qamrovli profilaktik uchrashuvlar o‘tkazilib kelinmoqda.

O‘rganishlar davomida aniqlanayotgan kamchiliklar mutahassislar tomonidan imkon qadar o‘z joyida bartaraf etish choralari ko‘rilib, aholiga xonadonlarda, ijtimoiy soha va tadbirkorlik sub’ektlariga qarashli obyektlarda yong‘in, gaz va havo aralashmasining chaqnashi hamda is gazidan zaharlanish kabi noxush vaziyatlar sodir bo‘lmasligi uchun nimalarga alohida e’tibor qaratish lozimligi tushuntirilmoqda.

Shuningdek uchrashuvlarda xavfsizlik qoidalarini targ‘ib qiluvchi eslatma va yo‘riqnomalar tarqatilmoqda.