Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari mutasaddilar nazoratida

Navoiy viloyati Xatirchi tuman hokimligida tumanda ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha FVB va daxldor tashkilotlar mas’ullaridan iborat  viloyat ishchi guruhi a’zolari ishtirokida seminar o‘tkazildi.  Shundan so‘ng hududlarda o‘rganish ishlari olib borilib, ijtimoiy soha obyektlari, ko'p qavatli uylarning texnik holatini saqlash, ichki muhandislik tarmoqlarini sozlash, tom va yerto'la qismlaridagi aniqlangan muammolarni o'z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berilib, mazkur jarayon mas'ullarining nazoratida bo'lishi alohida ta'kidlandi.