Mavsum betalafot o‘tishi uchun olib borilayotgan tadbirlar

Navoiy viloyati FVB xodimlari hamkorlikdagi tashkilotlar bilan birgalikda kuz-qish davrida ijtimoiy soha obyektlari va ko'p kvartirali uy-joy fondini barqaror ishlashi hamda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish borasida kuchaytirilgan tartibda profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etish choralari ko‘rilib, mutasaddi tashkilotlarga zarur ko‘rsatmalar berilmoqda.