FVV olima va ilmiy izlanishdagi xotin-qizlari xalqaro forumda ishtirok etdi

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda qator mutasaddi tashkilotlar hamkorligida “XXI asr ayoli” festivali doirasida “Ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishda xotin-qizlarning o‘rni” mavzusida xalqaro forum o‘tkazildi.

Anjumanda O‘zbekistonda xotin-qizlar ta’limiga ustuvor yondashish, ularni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, innovatsion g‘oyalarni amalga oshirishlari, tadqiqot ishlari olib borishlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlash joizki, “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” shiori ostida tashkil etilgan mazkur tadbir shubhasiz, olima ayollar va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgan xotin-qizlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochishda, ularning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga dadil intilishlarida rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi.