Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasidagi tadbirlar davom etmoqda

Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Termiz harbiy prokuraturasi hamkorligida Termiz shahar Favqulodda vaziyatlar boʻlimi hamda qismlar shaxsiy tarkibi ishtirokida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida harbiy xizmatchi va xizmatchilar bilan davra suhbati otkazildi.

Tadbir davomida mas’ullar tomonidan har bir xodim odob-ahloq qoidalariga rioya qilishi, o‘ziga yuklatilgan xizmat vazifalariga sidqidildan yondashishi, harbiy intizom buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, ijro intizomi, kiyim bosh kiyib yurish tartibi, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish hamda yo‘l transport hodisasi natijasida sodir etilgan jinoyatlar kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat va xizmatdan tashqari vaqtlarda ham “Yo‘l harakati qoidalari”ga qat’iy amal qilish kabi mavzularda profilaktik suhbatlar olib borildi.