Nukus shahrida jurnalist va blogerlar uchun matbuot anjumani tashkil etildi

Qoraqalpog'iston Respublikasi FVB rahbariyati va xodimlari hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda Nukus shahridagi "Matbuot uyi"da "Kuz-qish mavsumida yuz berishi mumkin bo'lgan yong'inlar va favqulodda vaziyatlar, ularning oldini olishga qaratilgan ustuvor vazifalar" mavzusida matbuot anjumani bo'lib o'tdi. 

Unda kuz-qish mavsumida yuz berishi mumkin ko‘ngilsiz holatlar, ularning oldini olishga qaratilgan ustuvor vazifalar bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar va boshqa favqulodda vaziyatlar yuzasidan ma'lumotlar berildi. 

Tadbirda gazeta va jurnal, televideniye, radio, internet jurnalistlari hamda blogerlar qatnashib, o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha  javoblar oldilar.