Bilim aql chirog‘i. Shu bois hayotiy bilimlar asosan bolalik chog‘idanoq ular ko‘ngliga muhrlanadi

Fuqaro muhofazasi instituti xodimlari tomonidan tabiiy ofatlarda to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash  tadbirlari doirasida Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 279-sonli maktab o‘quvchilari hamda 433-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari bilan birgalikda “Zilzila, uning yuzaga kelish sabablari hamda sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish qoidalari” mavzularida amaliy mashg‘ulotlar  o‘tkazildi. Yoshlarni favqulodda vaziyatlarga tayyorlab borish, ularni har tomonlama bilimlarga ega bo‘lishi, nafaqat nazariy bilimlar, balki amaliy mashg‘ulotlarda ham faol bo‘lishi hozirgi kunda muhimdir.