Namanganda sportning "Qo‘l jangi" turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

Kuni kecha, Namangan vioyatida sportning "Qo‘l jangi" turi bo‘yicha “Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi birinchiligi” musobaqasi o‘tkazildi. Unda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va hududiy bo‘limlardan jami 57 nafar harbiy xizmatchi hamda xizmatchilar ishtirok etdi. Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar boshqarma boshlig‘ining medallar, diplomlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, g‘oliblar respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.