Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan olib borilgan profilaktik tadbirlar Andijon viloyati misolida

Kuni kecha, Andijon shahar, Asaka, Shaxrihon tumanlarida Favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Sh.Jo‘rayev boshchiligida  ishchi guruh rahbarlari aholi va hududlar muhofazasiga ma’sul tashkilotlar ishtirokida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik tadbirlari o‘rganildi. Tadbirlarda, koʻp kvartirali uylar, ijtimoiy soha obektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati hamda aholi muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish boʻyicha yuzasidan bir qator vazifalar belgilanib, mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi. Maqsad aniq, aholi va hududlarni, ijtimoiy soha obektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash.