Andijonda "Rahbar kubogi" musobaqalari

Joriy yilning 27-oktyabr kuni Andijon shahridagi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi o‘rtasida sportning "Qo‘l jangi" turi bo‘yicha "Rahbar kubogi" musobaqasi o‘tkazildi. Unda jami 8 ta vaznda 136 nafar harbiy xizmatchi va xizmatchilar qatnashdi. Umumjamoa hisobida faxrli 1-o‘rinni Baliqchi tumani FVB, 2-o‘rinni Buloqboshi tumani FVB hamda 3-o‘rinni Andijon shahar FVB terma jamoalari egalladi. Shuningdek, shaxsiy hisobda jami 24 nafar harbiy xizmatchi va xizmatchilar vazn toifalari bo‘yicha g‘olib bo‘lishdi. Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar medal, qimmatbaho sovg‘a va diplomlar bilan takdirlandi.