Guliston shahrida o‘tkazilgan navbatdagi o‘quv mashqi bozor hududidagi yong‘inni bartaraf etishga qaratildi

Sirdaryo viloyati FVB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari — Shtab boshlig‘i rahbarligida o‘tkazilgan o‘quv mashqida bozorlar va aholi gavjum bo‘ladigan maskanlarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan nohush vaziyatlarning oldini olish va yuzaga kelganda qisqa vaqtda bartaraf etish ko‘nikmalari shakllantirildi. 

O‘quv mashqi g‘oyasi bo‘yicha, bozor hududida kutilmaganda yong‘in sodir bo‘ldi va FVDqTning kuch va vositalarini o‘z vaqtida voqea joyiga yetib kelishlari, tezkorlik bilan talofat o‘choqlarini bartaraf etish hamda jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish ko‘nikmalari amalda sinab ko‘rildi. 

O‘quv mashqi yakunida amalga oshirilgan tadbirlar va yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklar to‘g‘risida tegishli xizmatlarning mas’ullariga qo‘shimcha tushuntirishlar berildi.